Ushbu hujjat — "Turistik xizmat ko'rsatish shartnomasini tuzish" to'g'risida bo'lib, O'zbekiston
Respublikasining Fuqarolik kodeksi 364, 369 va 370-moddalariga muvofiq, «Qara-Tour» MCHJ
tomonidan quyida keltirilgan shartlar va ilova qilinadigan shartnoma va kafolat xati na'munasi
asosida shartnoma tuzish haqidagi taklif hisoblanadi.
Ommaviy ofertani aksept qilishdan, ya'ni turistik mahsulot (turistik xizmatlar)ni olish uchun
ariza topshirishdan va turistik mahsulot uchun to'lov amalga oshirishdan avval, ushbu Ommaviy
oferta shartlari bilan to'liq tanishib chiqishingiz so'raladi.
Ushbu Ommaviy oferta (keyingi o'rinlarda — Oferta) shartlari asosida tuzilgan shartnoma yuridik
jihatdan majburiy hujjat bo'lip, Ijrochi ( MCHJ "Qara-Tour") va buyurtmachi (turist) o'rtasida
turistik mahsulotni (turistik xizmatlarni) amalga oshirish jarayonida vujudga keladigan
munosabatlarni tartibga soladi. Ijrochi o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasining amaldagi
turizm sohasidagi qonunchiligi, jumladan «Turizm to'g'risida»gi Qonun va Fuqarolik qonunchiligi
asosida amalga oshiradi. Ijrochi faoliyatini 2025 yil 20 martda berilgan №676079 raqamli
litsenziya asosida amalga oshiradi.
Buyurtmachi Oferta shartlarini qabul qilish orqali quyidagilarni tasdiqlaydi:
- Voyaga yetgan, shartnoma tuzish layoqatiga va to'lov qobiliyatiga ega O'zbekiston
Respublikasi fuqarosi;
- O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi, sayohat uyushtirilgan davlat qonunlariga va Shartnoma
talablariga rioya qilish;
- Turistik shartnoma asosida taqdim etilgan tur paket muddatlariga rioya qilish (ya'ni
belgilangan muddatlarda sayohat uyushtirilgan davlatni tark etish);
- Sayohat uyushtirilgan davlatda siyosil boshpana va ish so'rab murojaat qilmaslik.
Oferta asosida aksept orqali tuziladigan shartnoma ikki tomonlama imzolashni talab qilmaydi va
tomonlar qonun talablariga hamda Shartnoma shartlariga rioya etgan holda elektron shaklga amal
qiladi. Shu bilan birga, tomonlar kelishuviga ko'ra shartnomani yozma shaklga ham
rasmiylashtirish mumkin.
Agar Buyurtmachi Oferta shartlariga rozi bo'lmasa yoki qonunga muvofiq shartnoma tuzish huquqiga
yoki layoqatiga ega bo'lmasa, u holda Oferta akseptini amalga oshirmasligi, turistik mahsulot
(turistik xizmatlar) uchun ariza topshirmasligi va to'lov qilmasligi lozim.
Oferta (shu jumladan uning har qanday qismi) Ijrochi tomonidan bir tarafama o'zgartirilishi
mumkin. Yangilangan tahrir veb-saytda joylashtirilgan paytdan boshlab kuchga kiradi. Yangilangan
tahrir joylashtirilgan paytdan e'tiboran barcha oldingi shartnoma va kelishuvlar o'z kuchini
yo'qotadi va tomonlar munosabatlari yangi tahrirdagi Oferta va Shartnoma asosida tartibga
solinadi.
Tomonlar o'rtasidagi munosabatlar qo'shimcha hujjatlar va kelishuvlar bilan tartibga solinishi
mumkin. Bunday hujjatlar va kelishuvlar qo'llanilishi ushbu Oferta kuchini bekor qilmaydi.